Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Аgrar soha mutaxassislari IT-Inkubatsiya markazlari imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi
    12.01.2021

    Joriy yil 12-yanvar kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining rahbar va mutaxassis xodimlari Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetlariga tashrif buyurib, ushbu oliygohlarda tashkil etilgan IT-Inkubatsiya markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

    2020 yil 17-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xoʼjaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 794-sonli qarori qabul qilindi. Unga asosan Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Talabalarning biznes-startap loyihalarini qollab-quvvatlash boyicha inkubatsiya markazlarni tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

    O‘tkazilgan uchrashuvlar davomida inkubatsiya markazlarini tashkil etish, gʼoyadan  loyihagacha bo‘lgan bosqichlarning o‘ziga xos tomonlari, nazariya va amaliyotini uygʼunlashtirish bo‘yicha va boshqa dolzarb masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.

     

    Manba: Axborot xizmati