Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qoraqalpog’iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari AKT yo‘nalishida malakalarini oshirdi
    13.11.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilingan Farmoniga asosan hududlarda hokimlik, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish vazifalar belgilangan.

    Shularni hisobga olgan holda Qishloq xo‘jaligi vazirligining tizimida mehnat qilayotgan Qoraqalpog’iston Respublikasidagi xodimlarga sohada raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi.

    O‘quv kurslari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida tashkil etilib, unda 70 nafar  soha xodimlari malakalarini oshirdi.

    O‘quv kurslari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarning faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqqan holda har bir tashkilot uchun ixtisoslashtirilgan mavzular asosida alohida yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa o‘quv kurslarini yanada samarali va mazmunli bo‘lishiga xizmat qiladi.

    O‘quv kurslarida tinglovchilarga qishloq va suv xo‘jaligi tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli texnologiyalarni joriy etish, xususan “aqlli qishloq xo‘jaligi” tizimi, suv sarfini monitoring qilish, ekin maydonlarini masofadan kuzatish tizimini joriy etish kabi bir qator yangi yo‘nalishlarda ma’lumotlar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati