Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda xalqaro ilmiy-texnik onlayn konferensiya o‘z ishini boshladi
    04.11.2020

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlari va ularni tatbiq etishga bag‘ishlangan “International Conference on Information Science and Communications Technologies: Applications, Trends and Opportunities – ICISCT 2020 xalqaro ilmiy-texnik onlayn konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

    Konferensiya xalqaro Elektronika va elektrotexnika muhandislari instituti (IEEE) bilan hamkorlikda TATU va uning Samarqand filialida o‘tkazilmoqda. Konferensiyada AQSh, Kanada, Saudiya Arabistoni, Koreya Respublikasi, Hindiston, Malayziya, Xitoy Xalq Respublikasi kabi dunyoning 10 dan ortiq mamlakatlaridan ilg‘or oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarining yetakchi olimlari, tadqiqotchilari va izlanuvchilari ishtirok etmoqda.

    Konferensiyaning asosiy maqsadi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilmiy-tadqiqotlarini amalga oshirayotgan olimlar va izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot natijalarini muhokama qilish, kelgusi tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha o‘zaro fikr hisoblanadi.

    Konferensiyaning tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan sho‘balari 5 noyabr kuni ham o‘z ishini davom ettiradi.

    Konferensiyaning 6 noyabrga mo‘ljallangan dasturi doirasida xorijiy professorlar tomonidan TATU va uning filiallari yosh olimlari, magistrant va doktorantlariga zamonaviy texnologiyalar va ular ustida tadqiqotlar bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati