Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoroning ikki tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi
    30.09.2020

    Qorako‘l va Olot tumanlarida aholini axborot texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish va kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish uchun zamonaviy infratuzilma bilan jihozlangan yangi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari  ishga tushirildi.

    Ushbu markazlarning ochilishi, 2 mingdan ortiq yangi tinglovchilarni qabul qilish va 1000 dan ortiq davlat xizmatchilarining malakasini oshirish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish, turli xil amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, qo‘shma loyihalar, shuningdek, Buxoro shahridagi IT-Park rezidentlari bilan frilans va startap loyihalarini amalga oshirish  imkonini beradi.

    Ta’kidlash joizki, 2020 yil oxiriga qadar viloyatning barcha shahar va tumanlarida jami  12 ta  Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari  ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati