Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi
    29.09.2020

    28 sentyabr kuni Mass-mediani rivojlantirish jamg‘armasi YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan birgalikda Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuni munosabati bilan onlayn konferensiya tashkil etdi.

    Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etib, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi yirik loyihalar xususida ma’lumot berdi.

    Asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699 qarori ijrosiga qaratildi.

    Qarorga ko‘ra 2023-yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga va ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va ularning eksportini 100 million dollarga yetkazishi nazarda tutilgan. Bugungi kunda internet tarmog‘iga keng polosali lanish uchun 490 mingta port o‘rnatilib, ularning umumiy soni 2,5 millionga yetkazildi. Bundan tashqari, 9 ming kilometrga yaqin optik tolali aloqa liniyalari tortildi.Bu jarayon izchil davom etmoqda.

    Shu bilan birga 2020-2022 yillarda elektron hukumat, telekommunikatsiyalar va Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida hamda qishloq va suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha jami 268 ta loyihalarni amalga oshirish xususida ma’lumot berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati