eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "MAKTAB" tarif rejasi - har bir o‘quvchi eng qulay sharoitlarda xavfsiz onlayn-ta’lim oladi
    16.09.2020

    “O‘zbektelecom” AK kompaniyasi  umumta’lim  maktablarining o‘quvchilariga mo‘ljallangan yangi "MAKTAB" tarif rejasini  ishga tushirdi.

    "MAKTAB" tarif rejasi - bu o‘quvchilar uchun 29 900 som oylik to‘lovi evaziga 5000 MB Internet-trafik, tarif ichida 500 daqiqa (O‘zbekiston bo‘ylab 200 daqiqa) va 500 ta SMS taqdim etadigan mobil aloqa abonentlari uchun foydalidir.

    Bundan tashqari, abonent masofaviy ta’lim olish uchun o‘quv va axborot platformalari resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatini, shuningdek ZiyoNET xizmatining abonent to‘lovi uchun 50% chegirmani qo‘lga kiritadi.

    “MAKTAB” tarif rejasi abonentlari mobil internetdan qulay foydalanishlari uchun maxsus TA’LIM Internet-to‘plamlarini arzon va hamyonbop narxlarda sotib olish imkoniga ega bo‘ladilar.

    Shuni alohida ta’kidlash joizki, "MAKTAB" tarif rejasiga ulanish o‘quvchining ota-onasini hujjatlari bo‘yicha bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi asosida faqatgina Kompaniyaning sotuv va xizmar ko’rsatish ofislarida amalga oshiriladi.

     

    Manba: Axborot xizmati