Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari muhtojlarga yordam beruvchi "Birdamlik" nomli platformasini ishlab chiqishdi
    06.08.2020

    Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari tomonidan Covid-19 Challenge 2020 tanlovi doirasida g‘olib deb topilgan "Birdamlik" nomli loyihani taqdim etishdi.

    Ixtitrochilarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha ko'ngillilar harakatini mufoviqlashtirishga, ko'ngillilar va yordamga muhtoj fuqarolar orasida samarali muloqot olib borishga hamda ularga maqsadli yordam ko‘rsatishga zamin yaratib beradi.

    Buning uchun loyihaning birdamlik.uz saytida ro‘yxatdan o‘tib, muvofiqlashtiruvchi shaxs tomonidan belgilangan vazifani, ya’ni muhtojlarga yordam berishni bajarish lozim. O‘z hissalarini qo‘shmoqchi bo‘lgan homiylar ham saytda ro‘yxatdan o‘tadi.

    Bundan tashqari, saytda statistika ham mavjud, va unda topshirgan arizalarninig soni, jalb qilingan ko‘ngillilarning va ulardan tashkil qilingan guruhlarning soni aks ettirilgan. Aytib o‘tish joizki, mazkur loyiha yaqinda ishga tushganligi qaramasdan o‘z samarasini namoyon etmoqda. Hozirgi kunda (2020 yil 6 avgust holatiga ko‘ra) loyiha doirasida 6 ta ariza kelib tushgan, 43 nafar ko‘ngillilar ro‘yxatdan o‘tgan va ulardan 5 ta guruh tashkil qilingan.

    Manba: Axborot xizmati