Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda “Call-markaz” tashkil qilindi
    23.06.2020

    2020 yil 20 iyun kunidan boshlab, 2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

     Shundan kelib chiqib, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2020/2021 o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-markaz” tashkil etildi.

    ☎️ Fuqarolar

    71 238-64-97

    71 238-64-85

    71 238-64-34

    71 238-65-17

    71 238-65-64

    Ushbu telefon raqamlari orqali Call-markaz bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

     2020 yil 22 iyun soat 18-00 holatiga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga 1784 ta abituriyent onlayn ro‘yxatga olindi.

    Call-markaz dushanbadan shanbagacha soat 08:30dan 18:00ga qadar faoliyat ko‘rsatadi.

    Ko‘proq maʼlumotni https://tuit.uz/qabul-2020 havola orqali bilib olishingiz mumkin.

     

    Manba: Axborot xizmati