Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish imtihonlari birinchi marta onlayn rejimida o‘tkaziladi
    12.06.2020

    COVID-19 pandemiyasi tufayli Toshkent shahridagi Inha universitetiga 2020-2021 o‘quv yilida kirish imtihonlari ilk marotaba onlayn rejimda o‘tkaziladi.

    Koreyalik hamkorlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan yangi qoidalarga asosan abituriyentlar “Kompyuter va dasturlash injiring” (School of Computer and Information Engineering (SOCIE)) va “Logistika” (School of Logistics (SOL)) fakultetlariga birinchi kirish imtihonlarni onlayn-rejimida ZOOM orqali 23 iyun kuni topshiradi.

    Joriy yilda imtihonlardan o‘tish uchun internet, kompyuter va smartfon kerak bo‘ladi. Abituriyentlar bir vaqtda ZOOM’ga telefondan kirishlari, kompyuterga esa imtihon topshirig‘ini yuklashlari kerak. Bu yilda matematika fani bo‘yicha 6 ta savol beriladi, va ularni yozuv shaklda 30 daqiqa ichida yechish kerak. Vaqt tugashi bilan javoblar varag‘ini kuzatuvchiga ZOOM orqali ko‘rsatish va keyin uni rasmga olib tekshiruv komissiyaga jo‘natish zarur. Tekshirish jarayonida ZOOM orqali ko‘rsatilgan va pochtaga jo‘natilgan nusxalar solishtirilib ko‘rib chiqiladi. Yozma imtihondan so‘ng abituriyentlar ingliz tilida onlayn-suhbatdan o‘tishlari shart.

    Ta’kidlash kerakki, imtihon jarayonlarini ZOOM orqali Janubiy Koreya INHA Universiteti vakillari kuzatib boradi. Ya’ni Toshkent universitetidan hech kim ishtirok etmaydi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, imtihonda Koreya universitetining 32 nafar vakillari ishtirok etadi — har bitta kuzatuvchiga 15 ta abituriyent to‘g‘ri keladi. Birinchi imtihonga jami 482 ta abituriyent ro‘yhatdan o‘tgan.

    Onlayn-imtihonlarni o‘tkazilishi biz uchun birinchi tajriba bo‘lganligi uchun bir qator omillarni nazarga ham olindi. Masalan, internet bilan ulanishda yoki texnik nosozliklar tufayli muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Bu holda abituriyent ZOOM’ga yana bir ulanishga va imtihonni keying kuni — 24 iyun kuni topshirishga imkon beriladi.

    Yana bir muhim shart: imtihon berilgan topshiriqlarni bajargan paytida xonada abituriyentdan tashqari hech kim bo‘lmasligi zarur. Bundan tashqari, boshqa taraflarga — tepaga, pastga qarash man etiladi ushbu talablarni bajarmagan abituriyent imtihondan chetlatiladi. Imtihon bo‘yicha barcha masalalar abituriyentlarga konsultatsiya kuni — 22 iyun kuni tushuntirilib beriladi.

    Manba: Axborot xizmati