eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oleg Pekos vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
    11.06.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyundagi qaroriga muvofiq, Pekos Oleg Andreyevich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan, bugun vazirlikda tayinlov bo‘lib o‘tdi.

    O.Pekos shu vaqtga qadar “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiali direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

    Shu bilan birga, O.Pekos faoliyati davomida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida bir qator rahbar lavozimlarida mehnat qilgan. M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida “Axborot tizimlari va texnologiyalari muhandisi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

    Pekos Oleg Andreyevich 1988 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

    Manba: Axborot xizmati