Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar — korrupsiya kushandasi
    04.06.2020

             O‘zbekiston pochtasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiya tashabbusi bilan Jamiyat ijroiya apparati va filiallari mutassadi xodimlari ishtirokida sohada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Raqamli texnologiyalar — korrupsiya kushandasi” mavzusida video konferensiya bo‘lib o‘tdi.
             Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish, fosh etish va unga qarshi kurashish borasida tashkiliy-huquqiy choralar amalga oshirilib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratilgan.

             Xususan, 2017 yil 4 yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirgani, Prezidentimizning 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bu boradagi muhim qadam bo‘ldi. Ushbu hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-e’tiborini oshirishga qaratilgan. Farmonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilangan.

             Videokonferensiya davomida davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish,korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish masalalari muhokama etildi.

             Shuningdek, pochta tizimi faoliyati shaffofligini ta’minlash, pochta xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida inson omili ta’sirini kamaytirish uchun sohaga ko‘proq raqamli texnologiyalarni joriy etish zarurligiga e’tibor qaratildi.

    Manba: Axborot xizmati