Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistonda COVID-19 pandemiya vaqtida Internet tezligi ko‘tarildi
    02.06.2020

    2020 yil 1-iyun holatiga ko‘ra Ookla kompaniyasi Speedtest.net servisi COVID-19” Internet global sur‘atiga ta’sirini e’lon qildi. Buning natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda Internet tezligi 6 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 18 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan.

    Jahon miqyosida “COVID-19” pandemiyasi sharoitida internetning o‘rtacha tezligi 1 foizga (Fixed Speed Change), mobil Internet tezligi 7 foizga o‘sgan xolos (Mobile Speed Change).

    O‘zbekistonda esa internet tezligi 6 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 18 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan.

    Ta‘kidlash kerakki, oxirgi yilda internet tezligi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2020 yil aprel holatiga Internet tezligi bo‘yicha reytingida O‘zbekiston 94-pog‘onani egallagan. Ya‘ni, bir yil davomida 37 pog‘onaga ko‘tarilib 131-o‘rindan 94-pog‘onagadan joy oldi. O‘zbekistonda oxirgi yil natijalariga ko‘ra internet tezligi qariyb 2,3 barovarga  o‘sgan. 2019 yil mart  holatiga ko‘ra 11,62 Mbit/s bo‘lgan bo’lsa, 2020 yil aprel holatiga ko‘ra 25,88 Mbit/s. gacha ko‘tarildi. 2020 yil 1-iyun holatiga ko‘ra esa O‘zbekistonda  internet tezligi 27,12 Mbit/s.ni tashkil etdi.

    Bundan tashqari oxirgi oy natijalariga ko‘ra mobil internet tezligi ham o‘smoqda: birgina 2020 yil aprel holatiga mobil Internet tezligi 9,68 Mbit/s. tashkil qilgan bo‘lsa, bir oy ichida mazkur ko‘rsatqich 11,92 Mbit/s.gacha o‘sdi!

    Manba: Axborot xizmati