Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon texnoparkida qishloq xo‘jaligi yerlarni sun’iy intellekt yordamida boshqarish innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda
    26.05.2020

    Raqamli texnologiyalar eng katta yutug‘i — tashkiliy, moliyaviy va inson xarajatlarni tejash orqali iqtisodiy samaradorligini keskin ravishda oshirish imkoniyati. Shu o‘rinda raqamli texnologiyalardan turli soha va tarmoqlarda keng foydalansa bo‘ladi. Yurtimiz uchun eng dolzarb bo‘lgan shunday sohalaridan biri qishloq xo‘jaligi. Mazkur sohada hozirgi paytda katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.

    Jumladan, Andijon viloyatidagi qishloq xo‘jaligi yerlari va ularda yetishtiriladigan ekinlar xolatini tezkor va aniq baholash maqsadida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha tajriba (pilot) loyihasi amalga oshirilmoqda.

    Ushbu loyihaning maqsadi “sun’iy intellekt” texnologiyalarini yordamida Andijon viloyati sharoiti uchun moslashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining xolatini (sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahlili natijasida aniqlash orqali) ob’ektiv baholash hisoblanadi.

    Loyiha doirasida Andijon viloyatining jami 6 ta maydonlari tanlab olinib, vektor formatida “Monterra” onlayn platformasiga joylashtirildi. Shuningdek, yer egalariga uchun sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari yordamida ekinlar holatiga tegishli hulosalar beriladi.

    Ma’lumot uchun:

    1. Andijon viloyatining Buloqboshi tumani – 117 ga, Marxamat tumani – 76,1 ga;
    2. Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumani – 70 ga paxta va 110 ga g‘alla maydonlari;
    3. Samarqand viloyatining G‘alaba tumani – 60 ga, Zarbbuloq tumani – 52 ga;
    4. Buxoro viloyatining Olot tumani – 36 ga, Qorako‘l tumani – 43 ga va boshqa yer maydonlari tahlil qilingan.


    “Monterra” onlayn platformasi orqali qishloq xo‘jaligi yerlarini sun’iy yo‘ldoshlardan foydalangan holda, xaritalarning turli xil murakkabliklarini yaratish uchun yerning muayyan hududlarini tasvirdan o‘tkazadi va ular keyinchalik hosildorlikni tahlil qilish uchun tizimda saqlanydi.

    Bu loyihaning asosiy ustunlik jixatlari quydagilar:

    • qishloq xo‘jaligi sohasida tarixiy tasvirlarni yillar kesimida taxlil qilish;
    • qishloq xo‘jaligi sohasida olingan tasvirlarni ma’lumotlar solishtirish;
    • topografik va kadastr xaritalarini yaratish;
    • qishloq xo‘jaligi maydonlarini relefini tahlil qilish;
    • paxta va g‘alla o‘sish jarayonlarini (vegetatsiya) davrida onlayn kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
    • yer maydonlarida ekilgan ekinlarning turi va holati haqida ma’lumatlarni to‘playdi.


    Mazkur loyihani amalga oshirishda Texnopark qoshida yangi rezident tashkil etiladi va 7 nafar malakali dasturchilardan iborat mutaxassislarni qishloq xo‘jaligi sohasida malakasi oshiriladi.

    Tashkil etilgan korxona tomonidan Andijon viloyatining barcha ekin maydonlarini taxliliy ma’lumotlarni shakillantirib yer egalariga taqdim etadi.

    Bundan tashqari ushbu loyiha doirasida chet el davlatlarining yer maydonlari haqidagi tegishli xulosalarni shakllantirigan holda ushbu xizmatni eksportni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

     

    Manba: Axborot xizmati