Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari koronavirusga qarshi «aqilli niqob»ni ixtiro etdilar
    16.04.2020

    Bu niqob sezish funksiyasi orqali avtomatik tarzda inson haroratni o‘lchash, yo‘talish va nafas qisilishi kabi barcha ma’lumotlarni maxsus ilova orqali smartfonga yuboradi.

    Universitetning Kompyuter va Dasturiy Injiniring fakulteti 4-kurs talabalari Doston Mardiyev va Aziza Abdurakhmonova O'zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda o'z hissalarini qo'shishga qaror qildilar va «aqilli niqob»ni yaratdilar.

    Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarining fikriga ko'ra, bunday niqobni qayta va qayta ishlatsa bo'ladi. U insonning tana haroratiga, yo'talish,aks urish va nafas olishda bo'layotgan qiyinchilikni uch xil sensorlar orqali aniqlab bera oladi.

    Niqob mobil ilova orqali telefon bilan birlashtirilgan bo'lib uning yordamida niqobga o'rnatilgan sensorlar avtomatik ravishda qayd etilgan ko'rsatkichlarni smartfonga yuboradilar. Ilova ushbu ma'lumotni COVID-19 alomatlari bilan taqqoslaydi. Agar tasodif bo'lsa, dastur aniqlik kiritadi.

    «COVID-19"ning o'ziga xos belgilari mavjud bo'lib, u boshqa o'tkir yuqumli kassaliklardan ajralib turadi: yuqori isitma, quruq yo'tal, nafas qisilishi kabi.Sensorlar tufayli niqob bu ma'lumotlarni osongina aniqlay oladi. Masalan, agar odamda harorat 38,5 bo'lsa, u tez-tez yo'talsa va uzoq vaqt nafas ololmasa dastur niqob egasi COVID-19 dan shubhalanayotganligi haqida signal beradi. Kelajakda biz bu niqobni tibbiy muassasalar bilan kelishilgan holda tekshirshni rejalashtirmoqdamiz. Tegishli alomatlari bo'lgan odamlarga tez yordam berish oson bo'ladi», - dedi Aziza Abdurakhmonova, g'oya muallifi.

    Loyihaning muallifi Doston Mardiyevning ta'kidlashicha, ayni paytda loyiha yakunlanib, sinovdan o'tkazilmoqda. Talabalar bunday niqoblar kelajakda jamiyat uchun foydali va tegishli bo'ladi deb umid qilishadi.

    Manba: Axborot xizmati