Unda o‘z kuchingni GameDev Goethe nomli loyihasida sinab ko‘r!
GameDev Goethe — O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan Gyote Instituti hamda IT-Park tomonidan birgalikda amalga oshirilayotgan loyiha. Loyihaning asosiy maqsadi — kompyuter o‘yinlarni yaratishda endigina birinchi qadam qo‘yyotgan ixtirochilarga ko‘mak berish.
GameDev Goethe loyihasida ishtirok etadiganlar nimadan yutadi? Ular qo‘yidagi afzalliklarga ega bo‘ladi:
• bebaho tajriba va bilimlarga ega bo‘lish;
• mutaxassislar yordamida qisqa vaqt ichida oʻz oʻyinni yarata olish va tayyor oʻyinni o’z shaxsiy portfolioga qo‘shish;
• GameDev boʻyicha Oʻzbekistondagi yetakchi mutaxassislaridan muntazam ravishda maslahatlar olib borish;
• Oʻzbekistondagi birinchi Oʻyin ajumanida minglab ishtirokchilar oldida oʻz oʻyinni namoyish etish va qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiritish;
• buyurtma olish yoki oʻyinlar ishlab chiqish sohasida ish topish uchun oʻzlarini oʻyin dasturchilarining roʻyxatiga qoʻshish;
• oʻz oʻyinni Google Play, Apple AppStore onlayn doʻkonlarida joylashtirish va uni reklama qilish uchun mablagʻ olish imkoniga ega bo‘lish.
Loyihada ishtirok etish esa mutlaqo bepul!
Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati – 15 aprel!
Shoshiling, joylar cheklangan!
GameDev loyihasida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: https://forms.yandex.ru/u/5e4ceb134e61cc0182f13739/
Manba: Axborot xizmati