eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlikning Tvitter, Instagramda sahifalari va Yutub-kanallari ochildi
    25.02.2020

    Bugungi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Jamoatchilikni, mazkur jarayonlardan, o‘zgarishlar haqida doimiy ravishda xabardor qilish, islohotlarning mohiyati va ahamiyatliligini tushuntirib borish davr talabidir. Bu borada ijtimoiy media jamiyatni keng xabardor qilishda eng foydali qurollardan biri hisoblanadi.

    Ijtimoiy media afzalliklari o‘z xususiyatlari — ommaviyligi, ommabopligi shu bilan birga, har bir shaxsga moslashtirilganligi tufayli jamiyat bilan samarali muloqot o‘rnatishga, ular uchun qulay bo‘lgan shaklda dolzarb yangi axborot berishga zamin yaratadi.

    Hozirgi kunda ijtimoiy media zamonaviy mediamuhitni butunlay o‘zgartirib, auditoriya bilan muloqotning yangi shakllarini kundalik hayotimizga olib kirdi.

    Shuning oqibatida ijtimoiy media har bir axborot iste’molchisi bilan aloqa o‘rnatishga va undan fidbek (qayta reaksiya) olishga imkon beradi.

    Shundan kelib chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda Vazirlikning rasmiy sahifalari Tvitter: twitter.com/uz_mitc (@uz_mitc), Instagramda https://www.instagram.com/mitc.uz/ va Yutub-kanali — Ministry of ICT of Uzbekistan — ishga tushirildi.

    Agar, Siz axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirishga qiziqsangiz, mazkur sohadagi oxirgi yangiliklarga ega bo‘lishga xohlasangiz — unda bizning barcha rasmiy kanallarimizga ulaning!

    AKT Vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda:

    • Twitter: twitter.com/uz_mitc (@uz_mitc)

    Manba: Axborot xizmati