Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar qonun loyihasining mazmun-mohiyati muhokama qilinib, fikrlar bildirildi

Bugun, 28-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

28.06.2022

Jahon banki vakillari bilan “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish” loyihasi doirasida BPO markazlarini tashkil etishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 27-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

28.06.2022

IT-Park Sirdaryo filialida yetakchi IT kompaniyalari rahbarlari ishtirokida “Meetup” tadbiri tashkil etildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan IT-Park Sirdaryo viloyati filiali bilan birgalikda yoshlarning IT sohasida o‘z bizneslarini boshlashga o‘rgatish va hayotda o‘z o‘rinlarini topishga ko‘maklashish maqsadida mamlakatimizning yetakchi IT-kompaniyalari rahbarlari ishtirokida “Meetup” tadbiri tashkil etildi.

27.06.2022

Andijon viloyatida Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha seminarlar tashkil etildi

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan “Siz tomon yo‘l oldik” loyihasi doirasida “Elektron hukumat” va my.gov.uz – elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha respublika bo‘ylab o‘quv seminarlari tashkil etilib kelinmoqda.

27.06.2022

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan qutlaydi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha jurnalistlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaydi.

27.06.2022

Mamlakatimizda yangi O‘zbekiston- AQSh qo‘shma BPO korporatsiyasi tashkil etiladi

2022-yil 24-iyun kuni Kaliforniya shtati Irvin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park Uzbekistan va "LoadStop" kompaniyasi hamkorligida “Uzbekistan-USA: Logistics Technology & BPO Shared Opportunities” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistonga biznes-jarayonlari autsorsingi yo‘nalishida yirik buyurtmalarni jalb etish, mavjud BPO kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekistonda yangi BPO eksport korporatsiyasi ochilishi haqida e’lon qilish.

26.06.2022