Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimlarini takomillashtirishda Siz ham ishtirok eting!

Siz maxsus so'rov orqali Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘zingizning taklif va fikr-mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin.

26.03.2018

O’zbekistonda Ayollarning texnologik tadbirkorlik haftaligi o‘tkaziladi

2018-yilning 23-28-mart kunlari O‘zbekistonning bir qator shaharlarida mamlakatimizda ikkinchi bor tashkil etilayotgan hamda qizlar uchun mo‘ljallangan «Technovation Uzbekistan» yirik texnologik dasturi doirasida Ayollarning texnologik tadbirkorlik haftaligi o‘tkaziladi.

23.03.2018

AKT vaziri RF Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin bilan uchrashdi

21 mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev Rossiya Federatsiyasi Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin bilan uchrashdi.

23.03.2018

Navro’z ayyomi muborak bo’lsin!

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi barchangizni, shu kunlarda yurtimiz bo’ylab keng nishonlanayotgan, bahor, yasharish va yangilanish ramzi bo’lgan Navro’z ayyomi bilan tabriklab, xonadoningizga tinchlik-omonlik, hayotingizga baxtu saodat hamda fayzu baraka tilaydi!

21.03.2018

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri «Silverleafe Capital Parthers» kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev bugun mamlakatimizga iqtisodiyotning turli sohalaridagi investitsion imkoniyatlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurgan «Silverleafe Capital Parthers» kompaniyasining delegatsiyasi bilan uchrashdi. Delegatsiyaga kompaniya prezidenti Den Petterson boshchilik qilmoqda.

20.03.2018

Butunjahon radioaloqa anjumaniga faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkiloti Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining 2019 yilda o‘tkaziladigan Butunjahon radioaloqa anjumaniga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. 13—15 mart kuni o‘tkazilgan Ishchi guruhining videoaloqa shaklidagi anjumanida Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkilotining takliflari hamda nuqtai nazari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

16.03.2018

Telekommunikatsiyani rivojlantirish bo'yicha xorijlik ekspertlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda konsalting va audit bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatuvchi PricewaterhouseCoopers xalqaro kompaniyalar tarmog‘i delegatsiyalari bilan uchrashdi.

15.03.2018

Orascom Telecom Holding rahbari bilan muzokara bo‘lib o‘tdi

Bugun vazirlik rahbariyati ishtirokida Misr Arab Respublikasining Orascom Telecom Holding kompaniyasi boshqaruvi rahbari Najib Saviris bilan muzokara bo‘lib o‘tdi. Misrlik biznesmen 14-16 mart kunlari O‘zbekistonda bo‘lib, O‘zbekiston IT-sanoatining salohiyati, yaqin istiqboldagi rejalar bilan tanishmoqda.

14.03.2018

Innovatsiya markazi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartishlar Normativ huquqiy hujjatlar portalida muhokamaga qo‘yildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining «Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning

12.03.2018

Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligida Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining 2017 yildagi faoliyat yakunlariga bag'ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi tomonidan o'tgan yilda amalga oshirilgan faoliyat yakunlari ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.

12.03.2018