Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Startaplarni rivojlantirishda koreyalik ekspertlar bilan hamkorlik qilinadi

Joriy yilning 15 - 21 aprel kunlari Koreya axborotlashgan jamiyatni rivojlantirish instituti (KISDI) muassasasi mutaxassislardan iborat delegatsiya mamlakatimizda bo‘lib, O‘zbekistonda dasturiy ta’minot bozori hamda startap loyihalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.

18.04.2018

Rossiya Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Rossiya Federatsiyasi Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volinni qabul qildi. Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar bo'yicha Ishlar boshqarmasi hamda Butun Rossiya televizion va radiouzatish davlat kompaniyasi vakillari, shuningdek Rossiyaning &la

16.04.2018

Prezident davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yilning 11 aprel kuni "Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Hujjatda tegishli davlat idoralariga mamlakatimizda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan. 

12.04.2018

Vazir Butunjahon banki delegatsiyasini qabul qildi

Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Butunjahon bankining Transport va raqamli rivojlanish bo‘yicha xalqaro amaliyot bo‘linmasi direktori Frans Driz-Gross boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

11.04.2018

DigiGirlz: O‘zbekistonda ayollar raqamli jamiyatini kengaytirish uchun sarmoya

2018 yilning 10 aprel kuni vazirlik ko‘magida Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda “Microsoft” kompaniyasi O‘zbekistonda qizlarning IT-salohiyatini oshirish va ularni texnologiyalar sohasiga jalb qilishga qaratilgan “DigiGirlz” ta’lim dasturi tashkil qilindi.

11.04.2018

Bugundan O‘zbekistonda "Tezkor pochta" ishga tushdi

O‘zbekistonning pochta aloqasi sohasida milliy operatori mamlakatning pochta bozori ahvolini o‘rganib, foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda, "Tezkor pochta" xizmatini ishga tushirdi.

10.04.2018

Iqtidorli bolalar uchun IT-maktab barcha imkoniyatlarga ega bo'ladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yashnobod tumaniga tashrifi mobaynida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo'nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning barpo etilish ishlari bilan tanishdi.

09.04.2018

Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligiga xalqaro konferensiya tashkil etildi

Shu yilning 5-6 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida buyuk olim va matematik Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligiga bag‘ishlab xalqaro konferensiya tashkil etildi.

06.04.2018

Davlat xizmatlari markazlari uchun yagona axborot platformasi yaratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 4 aprel kuni aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish borasidagi ishlarni tahlil qilish va eng muhim vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur yo‘nalishga mas’ul rahbarlarning hisoboti tinglanib, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifal

05.04.2018

O'zbekiston va Afg'oniston AKT vazirliklari o'rtasida memorandum imzolandi

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda  Afg'oniston Islom Respublikasining Kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vazirligi o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yo'nalishida hamkorlikni yo'lga qo'yishga qaratilgan "Strategik hamkorlik bo'yicha anglashuv Memorandumi" imzolandi.

03.04.2018