Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Open Data Challenge-2018 tanlovi yakunlandi

Bu yil 560 kishi Xakatonda ishtirok etish istagini bildirgan. Tanlovning maxsus test sinovlaridan esa 200 nafar ishtirokchi o‘ta olgan va ulardan 48 ta jamoa tuzilgan.

10.12.2018

Bu muqaddas Vatanda azizdir inson

Joriy yil 7 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 8 dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma olti yilligi munosabati bilan “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

07.12.2018

Axborotlashtirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha videokonferensiya boʻlib oʻtdi

2018-yil 5-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Qozog‘iston Respublikasining “Zerde” milliy axborot-kommunikatsiya xoldingi” AJ vakillari bilan videokonferensiya o‘tkazildi.

06.12.2018

Axborot texnologiyalari vazirligi xodimiga “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni topshirildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimi Suhrob Yusupovga “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni topshirildi.

06.12.2018

Davlat raqobat qoʻmitasi “COSCOM” MCHJning aksiyalarini sotib oldi

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2018-yil 5-dekabrda “TELIA COMPANY AB” kompaniyasi bilan “Coscom” MCHJning ustav kapitalidagi 100% ulushini sotib olish boʻyicha kelushivga erishdi.

05.12.2018

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Muxammadjonovich Sadikov mazkur universitetga tashrif buyurib, jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda talabalar bilan suhbatlashib, ularning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash uchun qanday ishlar qilishini kerakligi bilan qiziqdi.

03.12.2018

Toshkentda anʼanaviy “Open Data Challenge 2018” tanlovi boʻlib oʻtmoqda

2018-yilning 30-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda, ilovalar ishlab chiqish boʻyicha har yilgi “Open Data Challenge 2018” (Xakaton) tanlovining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

03.12.2018

Telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash va IT-texnologiyalarni rivojlantirishga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

2018-yil 30-noyabr kuni “Oʻzekspomarkaz” MKMda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Oʻzbektelekom” AK tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻi boʻyicha AKT sohasida topshiriqlarni amalga oshirish ketma-ketligi” hisobot anjumani boʻlib oʻtdi. 

30.11.2018

30-noyabrda telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash orqali milliy iqtisodiyotni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi

2018-yil 30-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, IT-texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi oʻrniga bagʻishlangan anjuman oʻtkazadi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi davlat organlari, tashkilotlari va korxonalari, operatorlar va provayderlar ishtirok etadilar.

28.11.2018

Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida Yaponiya kreditlari jalb etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiyaning tijorat banklari kreditiga xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 951-sonli qarori qabul qilindi.

27.11.2018