Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

4 may kuni Aloqa tarixi muzeyida 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” hamda aloqa sohasi xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tantanali taqdirlash marosimi tashkil qilindi.

05.05.2019

“O‘zbektelekom” AK optik tolali aloqa liniyalarini kengaytirmoqda

“O‘zbektelekom” AK tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini va abonentlar sonini oshirish, Intеrnеtga ulanishni yanada yuqori tezlikda taqdim etishga yo‘naltirilgan bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. 

04.05.2019

Respublikada joriy yilning I choragida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar

2019 yil 1 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi. Unda “Respublikada joriy yilning I choragida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar” yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyatining axboroti eshitildi. 

01.05.2019

15-16 may kunlari Toshkentda Internetni boshqarish boʻyicha IV Markaziy Osiyo forumi – CAIGF boʻlib oʻtadi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Muvofiqlashtiruvchisi bilan hamkorlikda 15 va 16 may kunlari  Toshkent shahrida Internetni boshqarish boʻyicha IV Markaziy Osiyo forumi (CAIGF)ni tashkil etadi.

30.04.2019

16-may kuni Toshkent shahrida USENET 2019 konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

16-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida yetakchi media agentliklardan biri hisoblangan Ledokol Group tomonidan Toshkent shahrida  USENET 2019 konferensiyasi tashkil etiladi.

 

30.04.2019

Toshkent shahridagi Inha universitetida birinchi kirish imtihoni boʻlib oʻtdi

28 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida 2019 yildagi uchta kirish imtihonining birinchisi oʻtkazildi.

29.04.2019

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi ishga tushirildi

Shu yilning 25 aprel kuni Internet tarmogʻining project.gov.uz manzilida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi ishga tushirildi.  

26.04.2019

Toshkent shahridagi Inha universitetida kirish imtihonlari boʻlib oʻtadi

2019 yilning 27-28-aprel kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti kirish imtihonlarini topshirish uchun roʻyxatdan oʻtgan  barcha abituriyentlarga oʻz eshiklarini ochadi.

26.04.2019

O‘zbеkiston mintaqalari bo‘ylab yana 41 ta baza stansiyalari foydalanishga topshirildi

«O‘zbеktеlеkom» AK «O‘zMobayl» filiali UZMOBILE GSM tarmoqlari faol kengaytirishda davom etmoqda, deyarli har hafta yangi obyеktlar haqida e’lon qilmoqdamiz.  8 – 17  aprеl kunlari mobaynida kompaniya tomonidan  O‘zbеkistonimiz mintaqalarida UZMOBILE GSM tarmog‘i abonеntlari uchun yana 41ta baza  stansiyalari foydalanishga topshirildi.

22.04.2019

Raqamli sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi

Koreya Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi  va Inha universiteti gospitali oʻrtasida raqamli sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

19.04.2019