Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Toshkent shahrida Amiti universitetini tashkil etish toʻgʻrisida

2019 yil 14 mayda Aloqa tarixi muzeyida Toshkent shahrida Amiti universiteti faoliyatini tashkil etish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

14.05.2019

Talabalar respublika fan olimpiadasi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 5-apreldagi 314-sonli buyrugʻiga asosan 15-16 may kunlari Kompyuter grafikasi fanidan, 17-18 may kunlari Informatika va axborot texnologiyalari fanidan Talabalar respublika fanlar olimpiadasining II bosqichi oʻtkaziladi.

10.05.2019

9 may – Xotira va qadrlash kuni

Qadrli yurtdoshlar! Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi barchangizni 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” bilan muborakbod etadi. Hayotning har bir daqiqasi Sizga quvonch, osoyishtalik va baxt olib kelsin!

08.05.2019

IUT bitiruvchilari Silikon vodiysida konfrensiyada qatnashmoqda

Bugun IUT bitiruvchilari Silikon vodiysidagi Google I/O dasturchilar uchun 12-konfrensiyada qatnashishmoqda va hozirda ushbu tadbirdan to‘g'ridan-to‘g‘ri efir chiqishmoqda. 

08.05.2019

Yaponiyalik hamkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

7-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Q. Yuldashev Yaponiyaning “NEC” korporatsiyasi katta ijrochi vitse-prezidenti, direktorlar kengashi aʼzosi Norixiko Ishiguro bilan uchrashdi.

07.05.2019

7-may radio va aloqa kuni

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi radio, televideniye va aloqa sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etadi!

07.05.2019

Oʻquv markazining eng yaxshi bitiruvchilari TATUga imtihonsiz qabul qilinadi

6 may kuni Margʻilon shahrida navbatdagi Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochildi. Tantanali ochilish marosimida AKT vaziri Shuhrat Sodiqov va Margʻilon shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayev qatnashdi.

07.05.2019

Navoiy viloyati hokimi aloqachilarni bayram munosabati bilan taqdirladi

Navoiy shahridagi “Yoshlar” markazida  aloqa sohasi xodimlari kasb bayrami munosabati bilan viloyat hokimligi rahbarligida tashkil etilgan tantanali  bayram tadbiriga viloyatdagi  400 dan ortiq aloqa xodimlari toʻplandi.

07.05.2019

TATUda Qirg‘izistonlik maktab o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Qirgʻiziston Respublikasining Botkent viloyati oʻrta maktab oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.

07.05.2019

Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari Keys-musobaqasida birinchi o‘rinni egalladilar

4-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida yilning eng yirik talabalar tadbiri, Job Fest (bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi) doirasida o'tkazilgan “Uzbekistan Contest Spring’19” keys-chempionati bo‘lib o‘tdi.

06.05.2019