Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Yoshlar tarbiyasiga mas’ul rahbarlar uchun o‘quv seminar bo‘lib o‘tmoqda

Bugun 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqqa Murojaatnomasi hamda "Yoshlar forumi"da belgilab berilgan vazifalar yuzasidan yoshlar tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan rahbarlar uchun davlat idoralari rahbarlari ishtirokida ikki kunlik o‘quv-seminar boshlandi.

05.01.2021

2020 yilda maktablarga eng ko‘p yordam bergan top-10 vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisiga Murojaatnomasida 2020 yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb e’lon qilinishi hamda shu bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani ham axborot texnologiyalari sohasiga muhim ahamiyat berilayotganini ko‘rsatmoqda.

31.12.2020

“Online Digital Camp "Raqamli Avlod-2021" onlayn oromgohining qishki mavsumi e'lon qilindi

2021-yil 4-8-yanvar kunlari “Online Digital Camp "Raqamli Avlod-2021” onlayn oromgohining qishki mavsumi bo‘lib o‘tadi. Mazkur yirik tadbirning asosiy maqsadi butun O‘zbekiston yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari haqida bilimlarini oshirish va zarur ko‘nikmalariga o‘rgatish hamda AKT sohasidagi jarayonlariga keng jalb qilishdan iborat.

31.12.2020

2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi davom etmoqda:

Qadrli xalq noiblari!

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizga ma’lumki, kirib kelayotgan 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 30 yil to‘ladi. Albatta, bu tarixiy sana

29.12.2020

Yoshlar – O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, mamlakatimizda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu anjuman bilan barchani tabrikladi.

25.12.2020