Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • ICTEXPO 2019» ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda
    25.09.2019

    25 sentabr kuni Toshkent va Farg’onada “ICTWEEK Uzbekistan 2019” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining asosiy tadbirlaridan biri “ICTEXPO-2019” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

       «ICTEXPO 2019» ko‘rgazmasi 25—27-sentyabr kunlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» MKM hamda Farg‘ona shahridagi TATU Farg‘ona filialida bo‘lib o‘tayotgan “ICTWEEK 2019” haftaligi  ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov tabrikladi.

     “ICTEXPO-2019” AKT ko’rgazmasining olib borishni asosiy maqsadi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi yutuqlarni namoyish qilish, ekspertlar jamoalarining professional platformasini shakllantirish va milliy bozor subyektlarining raqobatbardosh ustunliklarini rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqari, AT-biznes va iste’molchilarning keng doirasini to’g’ridan-to’g’ri aloqalarga kirish, ta’minot va talabni qondirish hamda qo’shma tashabbuslarni faollashtirishga imkon beradi.

    Ko‘rgazmada axborot texnologiyalar va xizmatlar bozorida taqdim etilgan zamonaviy texnologiyalar va yechimlar namoyish etiladi. Ushbu ko‘rgazmada mahalliy va xalqaro kompaniyalarga joy ajratilgan.

    Jahonning yetakchi telekommunikatsiya brendlari, yoritish va elektr jihozlarini etkazib beruvchilari va ishlab chiqaruvchilari, uyali telefon ishlab chiqaruvchilari, mamlakatimizning yetakchi telekommunikatsiya operatorlari, axborot portallari va internet-do‘konlari, davlat idoralari va boshqa kompaniyalarning uskunalari namoyish etiladi.

    Davlat soliq qo‘mitasi, mamlaktimizning ta’lim, pochta aloqasi sohasidagi tizim integratorlari va IT-kompaniyalari, shuningdek AKT sohasidagi oliy o‘quv yurtlari qatorida Rossiyaning yetakchi sun’iy yo‘ldosh aloqasi operatori ham ko‘rgazmada qatnashmoqda.

    Ko‘rgazmaning dastlabki ikki kuni — 25 va 26-sentyabr kunlari B2B formatida — ishbilarmonlar uchun, uchinchi kuni — 27-sentyabrda B2C formatida — foydalanuvchilarga bag‘ishlangan.

    Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu yilgi ko‘rgazmani olib borish shakllari yanada innovatsion boldi. ICTEXPO-2019 tashrif buyuruchilari va mehmonlari o‘rnatilgan interaktiv kiosklar yordamida turli nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi stendlar uchun ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Manba: Axborot xizmati