OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI AXBOROT FAOLIYATI VA MAʼLUMOTLAR UZATISHNI TAKOMILLASHTIRISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH BOʻYICHA IDORALARARO MUVOFIQLASHTIRISH KOMISSIYASI TELERADIOESHITTIRISH SOHASIDA TELERADIOCHASTOTALARNI TAQSIMLASH VA FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISH HUQUQIGA YAKKA TARTIBDA LITSENZIYALAR BERISH UCHUN TANLOV EʼLON QILADI
Buyurtmanomalar qabul qilishni boshlash sanasi: 2019-yil 8-iyul
Buyurtmanomalar qabul qilishni tugatish sanasi: 2019-yil 6-avgust
Maʼlumot uchun telefon raqamlari: 2398457, 98 1283075
Tanlovga quyidagi radiochastota nominallari qoʻyildi:
Lot |
Radiochastota nominallari |
Uzatkich quvvati |
Tarqatish hududi |
Radiodasturlarni tarqatish |
|||
1 |
100,2 MGs (FM diapazon) |
1 kVt |
Andijon shahri va yaqin atroflari |
2* |
92,3 MGs (FM diapazon) |
10 Vt |
Qoʻqon shahri |
3* |
100,2 MGs (FM diapazon) |
10 Vt |
Qarshi shahri |
* radiouzatkich “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasidan ijara sharti asosida ajratiladi. “Uzbekiston-24” radiokanalini efirga tarqatish zaruriyati yuzaga kelganda “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan foydalanuvchilarni kamida olti oy oldin ogohlantirgan holda ijara sharti toʻxtatilishi mumkin.
Tanlov shartlari:
Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan, taʼsis hujjatlarida ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat koʻrsatish nazarda tutilgan teleradioeshittirish sohasida tanlov asosida radiochastotalarni taqsimlash va yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq buyurtmanoma va lozim darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etgan yuridik shaxslarning ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.
Shu bilan birga litsenziya daʼvogari ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob berishi kerak.
Tanlovda ishtirok etish uchun litsenziya daʼvogari belgilangan tartibda buyurtmanoma taqdim etadi.
Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
tanlov takliflari koʻrib chiqilishi uchun litsenziya daʼvogari tomonidan amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdoridagi yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya berish uchun davlat bojining yillik summasiga teng zakolat toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
teleradiodasturlarni tarqatish boʻyicha xizmatlar taqdim etish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar);
ijodiy, texnik va moliyaviy takliflarni, shuningdek teleradiodasturlarni eshittirish rejalashtirilayotgan setkasini, oʻz dasturlarini eshittirish hajmlari va tanlov majburiyatlarini oʻz ichiga oladigan eshittirishlarning mufassal konsepsiyasi;
tegishli organlarning teleradioeshittirishlar obyektlarining sanitariya, yongʻin xavfsizligi normalari va obyektni qoʻriqlash talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
teleradioeshittirishlarni tashkil etish uchun moʻljallangan asbob-uskunalardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, agar ushbu huquq boshqa shaxsga tegishli boʻlsa (ijara shartnomasi va boshqalar).
Ilova: Hujjatlar toʻplami besh ekzemplyarda taqdim etiladi. Litsenziya olish uchun toʻlov boʻyicha moliyaviy taklif yopiq va muhrlangan holdagi alohida konvertda taqdim etiladi.
Litsenziya talablari va shartlari:
Litsenziyat tomonidan faoliyat koʻrsatishda quyidagi litsenziya talab va shartlari bajarilishi majburiydir:
faoliyat sohasi bӯyicha qonun hujjatlariga, davlat, soha standartlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi;
janr va mazmun jihatidan xilma-xil bӯlgan dasturlarni shakllantirish va ularning jamiyat maʼnaviy extiyojlariga mosligini taʼminlash;
teleradiodasturlarni davlat tili toʻgʻrisida qonun hujjatlarini inobatga olgan holda tarqatish;
qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan shartnoma (bitimlar) mavjud boʻlgan sharoitda xorijiy kanallar teleradio koʻrsatuvlarni qonun hujjatlariga muvofiq;
xizmatlar isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish;
qonun hujjatlari talablariga muvofiq sertifikatlangan teleradio-koʻrsatuvlarni tarqatishning texnik vositalaridan foydalanish;
telekommunikatsiya texnik vositalaridan foydalanish qoida va normalari hamda teleradioeshittirish obyektlarining sanitariya, yongʻin xavfsizligi, qoʻriqlash va xavfsizlik rejimini taʼminlash talablarini, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa litsenziya talab va shartlarining bajarilishi.
Bank hisob raqamlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi, 4 uy
Telefon: +99871 238-4107; +99871 238-4156
Faks: +99871 239-8782
Gʻaznachilikdagi toʻlov rekvizitlari:
Mablagʻ oluvchi: OʻzRes Moliya Vazirligi Gʻaznachiligi
Gʻaznachilikning STIRi: 201 122 919
Gʻaznachilikning hisob-raqami: 23402 000 300 100 001 010
Banki OʻzR XXKM MB Toshkent shahrida, bank kodi 00 014
Gʻaznachilikdagi shaxsiy hisob-varaqlari:
SHHV 4014 1086 0262 7779 5010 0078 001 (zakolat toʻlovi uchun)
SHXV 4001 1086 0262 7779 5010 0078 001 (tanlov takliflari qoʻrib chiqish uchun)
STIR: 201 221 770
OKED 84100
OKPO 2422 6559
KFS 212
SOATO 172 6277
OPF 2100
SOOGU 03 593
(Tashkilot blanki)№____2019 yil “___” __________ |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasiga |
Umumiy maʼlumotlar:
1. Yuridik shaxsning toʻliq nomi:
2. Yuridik manzili:
3. Telefon, faks raqamlari:
4. Ommaviy axborot vositalarining nomi:
5. Eshittirishlar mavzular boʻyicha yoʻnalishi va nomi:
6. Eshittirishning rejalashtirilayotgan hajmlari:
Umumiy
Oʻzi tayyorlagan, shu jumladan sotib olinadigan eshittirishlar
7. Eshittirishlar hajmlari:
davlat tilida
rus tilida
boshqa tillarda
8. Reklamaning moʻljallanayotgan hajmlari va davriyligi
Texnik maʼlumotlar:
9. Tanlov toʻgʻrisidagi eʼlonga muvofiq foydalanish rejalashtirilayotgan chastota nominali:
10. Turgʻun studiya uskunasining mavjudligi:
11. Uzatuvchi stansiyaning quvvati, Vt:
12. Studiyaning joylashgan joyi, radiouzatuvchi uskunaga dasturlarni uzatish usuli:
13. Uzatuvchi stansiyani oʻrnatish punkti:
14. Antennaning taxminiy balandligi koʻrsatilgan holdagi oʻrnatish joyi, m:
15. Rejalashtirilayotgan xizmat koʻrsatish hududi va dastur bilan qamrab olinayotgan aholi soni:
16. Teleradioeshittirishlar sohasida radiochastotalardan foydalanish huquqi olingan vaqtdan boshlab xizmatlar koʻrsatishning kafolatlangan muddati:
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
1. _________________________________________________________
2. _________________________________________________________
3. _________________________________________________________
Birinchi rahbar imzosi __________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)
M.Oʻ. 2019-yil “___”________________
Ariza koʻrib chiqish uchun 2019-yil “___”____________da qabul qilindi.
_______________________________________
(Masʼul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)
Manba: Axborot xizmati