Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 27-iyun matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni bilan mamlakatimizdagi barcha soha fidoyilarini samimiy muborakbod etadi.
Bugun ushbu bayram munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli Farmoniga asosan bir guruh jurnalistlar safida “Xabar” gazetasi bosh muharriri Abdugʻani Abdurahmonov davlat mukofoti — “Shuhrat” medaliga sazovor boʻldi. Vazirlik jamoasi ushbu zahmatkash ijodkorni yuksak mukofot bilan tabriklaydi. Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan taʼminlashdek masʼuliyatli, sharafli ishlaringizda Sizni kuch-gʻayrat hech qachon tark etmasin!
Manba: Axborot xizmati