Hurmatli abituriyentlar!
Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti – Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti axborot texnologiyalari qoʻshma fakulteti (TATU-BDIRU ATQF) bakalavriatning quyidagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqishga hujjatlarni qabul qiladi:
Axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoti;
Dasturlanadigan mobil tizimlar;
Sunʼiy intellekt.
TATU-BDIRU ATQF qabul komissiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joylashgan (Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi, 108).
Qabul har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari amalga oshiriladi.
Elektron pochta manzili: sfit-2019@tuit.uz
Telefon: +998 90 9897930
Ushbu fakultet bitiruvchilari ikki diplomga ega boʻlishadi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti
Yotoqxona taqdim etiladi
Talabalarga stipendiya toʻlanmaydi
Oʻqish uchun toʻlovlar quyidagilarni tashkil qiladi:
Birinchi bosqichda (TATU da 1-2 kurslar) – yiliga 1 500 AQSH doll.
Ikkinchi bosqichda (BDIRU da 3-4 kurslar) – yiliga 2 000 AQSH doll.
TANLOVDA QATNASHISH UCHUN:
1) TATU-BDIRU ATQF qabul komissiyasiga 20.08.2019-y. gacha ariza va quyidagilar taqdim etilishi kerak:
3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi 6 dona rangli fotosurat
pasport (16 yoshga toʻlmaganlar uchun tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma) nusxasi
umumiy oʻrta taʼlimni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari.
Ariza blankasi (rus tilida) TATU-BDIRU ATQF qabul komissiyasida olish mumkin.
2) Soʻngra kirish sinovlardan oʻtish zarur (quyida keltirilgan roʻyxatga muvofiq).
Abituriyentlarni tanlashni tashkil qilishda ularning rus tili bilish darajasi asosiy shart hisoblanadi. Tanlov kirish imtihonlari (rus tilini bilish boʻyicha suhbat) natijalari asosida amalga oshiriladi.
Tanlov har bir yoʻllanma uchun alohida oʻtkaziladi.
2019-2020 oʻquv yiliga TATU-BDIRU ATQF bakalavriati taʼlim dasturlariga topshiruvchilar uchun qabul kvotalari va kirish sinovlarning roʻyxati:
OTM nomi |
Taʼlim dasturi |
Qabul uchun joylar soni |
TATU |
Axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoti |
50 |
Dasturlanadigan mobil tizimlar |
50 |
|
Sunʼiy intellekt |
50 |
|
TATU Samarqand filiali |
Axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoti |
25 |
Dasturlanadigan mobil tizimlar |
25 |
|
TATU Nukus filiali |
Axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoti |
25 |
Dasturlanadigan mobil tizimlar |
25 |
|
TATU Urganch filiali |
Axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoti |
25 |
TATU Qarshi filiali |
Axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoti |
25 |
TATU Fargʻona filiali |
Axborot texnologiyalarning dasturiy taʼminoti |
25 |
*qabul komissiyaning qaroriga koʻra toʻlov-kontrakt asosida Respublika va xalqaro olimpiadalar va musobaqalar gʻoliblari tanlovdan tashqari hamda tanlangan taʼlim yoʻnalishiga koʻra qaror qabul qilinishi mumkin.
Kirish sinovlari 1-iyuldan 15-oktyabrgacha qabul komissiya tomonidan tasdiqlangan grafik asosida oʻtkaziladi.
Oʻquv mashgʻulotlar 2019-yil 2-sentyabrdan boshlanadi.*qabul komissiyaning qaroriga koʻra toʻlov-kontrakt asosida Respublika va xalqaro olimpiadalar va musobaqalar gʻoliblari tanlovdan tashqari hamda tanlangan taʼlim yoʻnalishiga koʻra qaror qabul qilinishi mumkin.
Manba: Axborot xizmati