Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Boʻkada raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochildi
    01.06.2019

    Prezidentimiz ilgari surgan besh tashabbusning uchinchisi – aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanish koʻnikmalarini oshirishga moʻljallangan ushbu markazda raqamli texnologiyalar, dasturlash texnologiyalari, kibersport oʻyinlari, kovorking markazi uchun xonalar ajratilgan. Markaz eng soʻnggi kompyuter qurilmalari bilan taʼminlangan.

    Markazning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi. Zamonaviy qilib taʼmirlangan Boʻka tumanlararo pochta tarmogʻi binosida mijozlarga xizmat koʻrsatish savdo ofisi ham ochildi. Respublikamizda ilk marotaba telekommunikatsiya va pochta xizmatlarini bir joyda koʻrsatish uchun imkoniyat yaratildi. Albatta, bu “Biz – bir oila, bir jamoamiz” shiorining amaldagi ifodasidir. Endi pochta va telekom xodimlari bir xonada mijozlardan xizmatlar uchun buyurtma olishadi.

    Boʻka tumanlararo pochta tarmogʻida 132 nafar xodim mehnat qiladi. Tarmoqqa qarashli 40 ta aloqa boʻlimi zamonviy usulda taʼmirlanib, tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

    Manba: Axborot xizmati