Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan taʼlim dasturi oʻz ishini boshladi
    02.03.2019

    2019-yil 2-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida 12-14 yoshdagi (kichik guruh) hamda15-17 yoshdagi (katta guruh) qizlarni IT-texnologiyalar sohasiga jalb etish va ularning salohiyatini oshirishga moʻljallangan DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan taʼlim dasturi oʻz ishini boshladi.

    DigiGirlz – Microsoft kompaniyasining loyihasi boʻlib, taʼlim, fan, texnologiya, muhandislik va matematika sohasidagi investitsiya dasturi hisoblanadi. Mazkur dastur yosh qizlarga texnologiya sohasini hamda yangi innovatsiyalar bilan tanishish imkonini beradi. Shuningdek, dastur xodimlarni iqtisodiyotning global muammolariga tayyorlash uchun moʻljallangan.

    Taʼlim dasturi ikki qismdan iborat. Birinchi qismda ishtirokchilar Microsoft kompaniyasi vakillari hamda AKT sohasi mutaxassislarining maʼruzalarini tinglaydi. Ushbu maʼruzalar qizlarga axborot texnologiyalari sohasidan nimalarni kutishni va mazkur sohada ishlash orqali nimalarga erishish mumkinligini tushunishga imkon beradi.

    DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan dasturining ikkinchi qismi ishtirokchi qizlarlarga IT-texnologiyalar maroqli va qiziqarli ekanini namoyish etishga qaratilgan. Shundan kelib chiqib, ikkinchi qism amaliy mashgʻulotlardan iborat boʻladi. Qizlar muhandislik boʻyicha seminarlarda ishtirok etadilar va Arduino yordamida robotlar yaratishni oʻrganadilar.

    Manba: Axborot xizmati