Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda Janubiy Koreyalik professor faoliyat yurita boshladi
    28.02.2019

    Janubiy Koreyalik professor Choi Won-Gun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joriy yilning bahorgi semestridan “AKT sohasida iqtisodiyot” kafedrasida faoliyat yurita boshladi.

    Choi, Won-Gun AKT sohasida iqtisodiyot va menedjment fakulteti talabalariga “Iqtisodiyot nazariyasi” hamda “Boshqaruv hisobi” fanlaridan ingliz tilida maʼruza mashgʻulotlarini olib bormoqda.
    Professor Choi, Won-Gun 1980-1985 yillarda Janubiy Koreyaning Yonsei universitetida bakalavriaturani va 1986-1988 yillarda Fransiyaning Nice universitetida magistraturani tamomlagan. 1993-yilda Fransiyaning Paris1 universitetida “Moliya” mutaxassisligi boʻyicha PhD ilmiy unvonini olgan.
     

    Manba: Axborot xizmati