Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali dori vositalarini topish mumkin
    24.03.2016

    Ushbu yangi xizmat mijozga kerakli dоri vоsitаlаri vа tibbiy аshyolаrning “Dori-Darmon” AK dorixonalari tarmoqlarida mavjudligi, ularning narxi, shuningdek Respublikaning barcha hududlaridagi “Dori-Darmon” AK dorixonalari tarmoqlarining manzillari to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi.

    Bu xizmat barchaga yana bir qulaylik yaratib, keksa kishilar uchun ham kerakli bo’lgan dоri vоsitаlаrini oson va tez topish imkonini beradi.

    Quyida keltirilgan ma’lumotlar har bir murojaat etuvchi shaxsga taqdim etiladi:

    -dоri vоsitаlаri vа tibbiy аshyolаrning mavjudligi to’g’risida ma’lumot;

    -dоri vоsitаlаri vа tibbiy аshyolаrning narxi to’g’risida ma’lumot;

    -dorixonalarning va/yoki dorixona filiallari manzili to’g’risida ma’lumot;

    -dorixonalarning va/yoki dorixona filiallarining tartib raqami tog’risida ma’lumot;