20-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida AQShning Webster universiteti vitse-prezidenti Jon Payl, universitet prorektori J.Shuster TATU rahbariyati hamda TATUda AQShning Webster universiteti «Biznes boshqaruvi (MBA)» magistratura yo‘nalishiga o‘qishga xujjat topshirgan talabalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — TATUda AQShning Webster universiteti «Biznes boshqaruvi (MBA)» magistratura yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish jarayoni bilan tanishish, hujjat topshirayotgan talabalar bilan uchrashish, ular bilan ta’lim jarayoni haqida suhbatlashib olish hisoblanadi. Bundan tashqari, Toshkent shahrida AQShning Webster universiteti filialini tashkil etish va 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarni qabul qilinishini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama etish ham ko‘zda tutilgan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan AQShning Vebster universiteti (Webster University, George Herbert Walker School of Business and Technology) Master of Business Administration (MBA: Biznes boshqaruvi magistratura yo‘nalishi) o‘quv dasturi asosida «Loyihalarni boshqarish» yo‘nalishiga talabalarni qabul qilish jarayoni boshlangan va o‘qishga qabul qilish davom etmoqda.
Qabul haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.
Manba: Axborot xizmati