Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Oʻzbektelekom” AK yangi qurilgan uylar aholisi uchun sotish va ulanish uchun sayyor ofislar tashkil etadi
    04.02.2019

    Oʻzbekistondagi yangi qurilgan uylar uchun zamonaviy kommunikatsiyalar. Ushbu shior ostida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining haftalik tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda. Oʻzbekiston katta qurilish maydonini eslatadi. Yangi yashash mavzelari qad qoʻtarmoqda, yuzlab koʻp qavatli uylar barpo etilmoqda. Tabiiyki, xonadonlarga yangi koʻchib kirganlar uchun, eng asosiysi, ishonchli va zamonaviy kommunikatsiyalar: uy telefoni, internet va mobil aloqa.

    “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi yangi qurilgan uylar aholisi uchun abonentlarni kompaniyaning koʻplab xizmatlariga ulanishlari boʻyicha maxsus sayyor aksiyalar oʻtkazmoqda.

    Ushbu aksiyalar kattalar va bolalar uchun birdek bayram tadbirlari shaklida oʻtkazilmoqda. Yangi mavzelarning hovlisida toʻgʻridan-toʻgʻri sayyor sotuv ofislari ochiladi. Aholining esa hovliga chiqib, kommunikatsiyalar xizmatlari uchun shartnoma tuzishining oʻzi yetarli.

    Bundan tashqari, “Oʻzbektelekom” AK tomonidan yuqori tezlikdagi internetga ulanish uchun yangi abonent uskunasini taqdim etish boʻyicha aksiya oʻtkazilmoqda. Bu 95% gacha chegirma bilan optik aloqa liniyalari orqali ulanishni nazarda tutadi.

    Yangi qurilgan uylarning har bir yashovchisi birinchi kundanoq aloqaning ishonchli zamonaviy xizmatlari bilan taʼminlanishi zarur.

    Manba: Axborot xizmati