Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yosh olimlar tomonidan xalqaro tajribadan foydalanish
    04.02.2019

    1 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-oʻqituvchilari “Xalqaro tajriba va yosh olimlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish: muammolar va yechimlar” mavzusidagi press-klub sessiyasida ishtirok etdi.

    Hozirgi paytda xorijiy oʻquv yurtlarda oʻqishni tamomlayotgan talabalar va bitiruvchilar oldida Vataniga qaytish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi islohotlar natijasida, yoshlar oʻz bilim va kuchlari bilan mamlakatimizga katta qiziqish uygʻotishi mumkin.

    Soʻzga chiqqanlar, (Webometrics) universitetlarning xalqaro reytingi tomonidan Toshkent shahridagi Inha universitetining saytiga iqtibos koʻrsatkichi boʻyicha birinchi oʻrin berganligini alohida taʼkidladi.

    Press-klub ishtirokchilari xalqaro oʻquv yurtlarida (Phd) doktorlik darajasini olgan yosh olimlar bilan birgalikda munozara shaklida yosh olimlar tomonidan xorijiy tajribadan samarali foydalanish borasidagi muammolar va ularni hal etish yoʻllarini hamda Oʻzbekiston yoshlari bilan tajriba va bilimlarni almashishni tashkil etish masalasini muhokama qildi.