Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oila aʼzolarining AKT sohasidagi bilimlarini oshirish
    30.01.2019

    29 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali mustahkam oila sari” oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda soʻz olgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori, Oliy Majlis Senati aʼzosi Dilorom Toshmuhamedova, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov va boshqalar oila institutini mustahkamlash sohasiga eng ilgʻor va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish kelgusida muayyan natijalarga erishish garovi ekani xususida toʻxtalib oʻtdilar.

    Ushbu oʻquv seminarlar Markaz tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inxa universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan yana bir yangi loyiha doirasida tashkil etilayotganligi diqqatga sazovordir.

    Loyihani amalga oshirishdan maqsad, oʻz hayotida turfa hil oilaviy muammolarga duch kelgan oila vakillarini zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali bilimi va dunyoqarashini oshirish, axborot olish, ish izlash, shuningdek oʻziga boʻlgan ishonchini mustahkamlab, hayotga teran nigoh bilan boqishga undashdir.

    Taʼkidlash joiz, ushbu oʻquv kursining ilk sinov loyihasi “Oila” markazi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Inxa universiteti hamkorligida oʻtgan yilning mart-iyul oylarida Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Unda ishtirok etgan ogʻir hayotiy vaziyatdagi oilalar aʼzolari hisoblangan bir guruh xotin-qizlar axborot-kommunikatsiya, xususan, kompyuter texnologiyalari dasturlaridan foydalanish boʻyicha boshlangʻich koʻnikmalarga ega boʻlib, shu orqali oʻz saʼy-harakatlari bilan ishga joylashishgan edi.

    Shuningdek tadbirda mazkur loyihaga tajribali trenerlarni jalb etish, mashgʻulotlar mavzulari va dasturlarini shakllantirish, metodik taʼminlash hamda faoliyatni boshlash yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

    Tadbir davomida oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarga sertifikat va sovgʻalar topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati