Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Bugun Xalqaro internetsiz kun (International Internet-Free Day)
    28.01.2019

    Ushbu kun har yili jahon internet-hamjamiyati tomonidan yanvar oyining soʻnggi yakshanbasida nishonlanadi. Mazkur bayramning asosiy maqsadi – hech boʻlmaganda bir kunga insonlarni tamoman kompyuter va global tarmoqdan biroz chalgʻitish, shu orqali ushbu kunni “real” hayotda yashash, boshqa insonlar bilan tom maʼnoda “jonli” muloqot qilish yoki insonlar ushbu kunni internet bilan bogʻliq boʻlmagan xobbilariga bagʻishlashlarini nazarda tutadi.

    Ushbu bayramning tarixi 2000-yillardan boshlab davom etib keladi. Ayrim manbalarga koʻra, uning taʼsis etilishi tashabbuskori “Britaniyaning ijtimoiy kashfiyatlar instituti”, boshqalariga koʻra esa – “DoBe.org”, yaʼni Britaniyaning notijorat onlayn-loyihasi hisoblanadi. Anigʻi shuki, Xalqaro internetsiz kunning tashkilotchilari aynan faol internet-foydalanuvchilaridir.

    Manba: Axborot xizmati