Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti sayti undan iqtibos keltirish boʻyicha yetakchi boʻldi
    25.01.2019

    “Vebometriks" (Webometrics) universitetlarning xalqaro reytingi maʼlumotiga koʻra, Inha.uz sayti Google Scholar Citations (GSC) servisida 2018-yil natijasi boʻyicha Oʻzbekiston oliy taʻlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari tomonidan sitata keltirish boʻyicha etakchi boʻldi.

    Inha.uz saytidan sitata keltirish indeksi 872 ni tashkil etdi, undan soʻng tma.uz (649) hamda tashiit.uz (610) egalladi. Ushbu koʻrsatgich universitet chetdan qaraganda odamlar uchun qanchalik qiziqarliligi, saytning koʻrinishi, shuningdek undan sitata qilinayotgan maʼlumotlarning ishonchliligini namoyish qiladi.

    Taʼkidlash joizki, Webometrics universitetlarning toʻliq taʼlim sohasidagi faoliyatini emas, balki OOʻYni internet maydonidagi vakilligini tahlil qiladi. Webometrics reytingi universitetlarni ilmiy-tadqiqot yutuqlarini bilvosita ularning internet saytlarini taqqoslash orqali baholash imkonini beradi.

    Toshkent shahridagi Inha universitetida ayni paytda 37 nafar oʻqituvchidan 21 nafari xorijdan tashrif buyurgan boʻlib, bu umumiy hisobdan 57% ni tashkil etadi.

    Manba: Axborot xizmati