Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oʻzbekistonda yangi tashkil etilgan harbiy institut bitiruvchilariga harbiy unvon beriladi
    25.01.2019

    Oʻzbekiston Prezidentining tegishli qaroriga koʻra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti bazasida tashkil etilgan Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida 2018/2019 va 2019/2020 oʻquv yillarida ushbu bilim yurtining toʻrtinchi va beshinchi bosqich kursantlari taʼlim olishi amaldagi oʻquv dasturlari boʻyicha tugallanadi.

    Shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakultetiga 2016, 2017 va 2018 yillarda oʻqishga kirgan, tegishli ravishda uchinchi, ikkinchi va birinchi bosqich talabalarining oʻqishi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bazasida “Telekommunikatsiya texnologiyalari” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha, tegishli ravishda 2019/2020, 2020/2021 va 2021/2022 yillardan boshlab esa Harbiy institut bazasida amalga oshiriladi.

    2022/2023 oʻquv yilidan boshlab esa Harbiy institutga nomzodlarni saralash tanlov asosida respublikaning muhandislik-texnik oliy taʼlim muassasalarining 3-bosqichini tugatgan, oʻqish yakunlari boʻyicha yuqori natijalarga erishgan, Harbiy institutda oʻqishni davom ettirish hamda kelgusida shartnoma boʻyicha harbiy xizmat oʻtash istagini bildirgan, shuningdek, sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan nomzodlar tarkibidan amalga oshiriladi.

    Mazkur harbiy institutida oʻqish Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq harbiy xizmatni oʻtash bilan tenglashtiriladi.

    Harbiy institut bitiruvchilariga “leytenant” harbiy unvoni va davlat namunasidagi diplom beriladi.

    Manba: Axborot xizmati