Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Maxsus fakulteti bazasida AKT va aloqa harbiy instituti tashkil etildi
    24.01.2019

    Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu sohada harbiy-ilmiy tadqiqotlarni tashkillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.

    Mazkur harbiy institut Mudofaa vazirligining davlat oliy harbiy taʼlim muassasasi boʻlib, u oltita yoʻnalish boʻyicha taktik boʻgʻindagi ofitser kadrlarni ikki yillik tayyorlashni amalga oshiradi:

    • Aloqa qoʻshinlari taktik qoʻmondonlik-muhandisligi;
    • Maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qoʻmondonlik-muhandisligi;
    • Axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qoʻmondonlik-muhandisligi;
    • Radioelektron razvedka va kurash taktik qoʻmondonlik-muhandisligi;
    • Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qoʻshinlari taktik qoʻmondonlik-muhandisligi;
    • Havo hujumidan mudofaa zenith-raketa qoʻshinlari taktik qoʻmondonlik-muhandisligi.

    Shuningdek, yangi tashkil etilgan harbiy institut Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnoma boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

    Manba: Axborot xizmati