Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “IT-Planeta 2018/19” XII Xalqaro olimpiadasi ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi
    17.12.2018

    2018-yilning 10-dekabridan MDH davlatlari oʻrtasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qamrov ko‘lami jihatidan eng yirigi – “IT-Planeta 2018/19” axborot texnologiyalari sohasidagi XII Xalqaro olimpiadasi ishtirokchilarini ro‘yxatdan oʻtkazish boshlandi.

    Olimpiyadaga rus tilini biladigan va 25 yoshgacha boʻlgan talaba yoshlar taklif etiladi.

    Bu yilgi bellashuv quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:

    - “Dasturlash”;

    - “Cloud computing va maʼlumotlar bazasi”;

    - “Telekom”;

    - “Mobil platformalar”;

    - “Raqamli ijodiyot”;

    - “Erkin dasturiy taʼminot va robototexnika”;

    - “Cheklanmagan imkoniyatlar”.

    Har bir ishtirokchi istalgan nominatsiyalarda oʻzini sinab koʻrishi mumkin.

    Yuqori koʻrsatkichlarga erishgan ishtirokchilar 2019-yilning iyun oyida Moskva shahrida boʻlib o‘tadigan final bosqichiga taklif etiladilar.

    Har bir boschiq – bu oʻzining kasbiy mahorati darajasini bilish, ish beruvchi korxonalar vakillari bilan aloqani oʻrnatish va homiylar va tashkilotchilardan: olimpiadada qatnashganlik haqida sertifikatlar olish, diplom, qimmatbaho sovrinlarni qoʻlga kiritish imkoniyatidir.

    AT-olimpiadasi tanlovlarining hamkorlari va tashkilotchilari 1C, Huawei, Oracle, GNU/Linukssentr GENDALF, Morizo Digital, SimbirSoft, TIM3R.ru singari axborot texnologiyalari  bozorining yetakchi kompaniyalaridir.

    Tanlovlarda qatnashish uchun AT-Planeta saytida har bir tanlov qoidalarida koʻrsatilganidek muddatlarda ro‘yxatdan oʻtilishi shart.

    Manba: Axborot xizmati