Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Kosmik fazoni tadqiq etish va undan tinch maqsadlarda foydalanish yuzasidan hamkorlik
    14.12.2018

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori loyihasi joylashtirildi.

    Qaror loyihasida “2018 yil 28 sentyabrda Dushanbe shahrida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining kosmik fazoni tadqiq etish va undan tinch maqsadlarda foydalanish yuzasidan hamkorlik toʻgʻrisidagi Konvensiya”si va “2018 yil 2 noyabrda Ostona shahrida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning kosmik fazoni tadqiq etish va undan tinch maqsadlarda foydalanish yuzasidan hamkorlikda faoliyat olib borishi toʻgʻrisidagi Kelishuv”ni tasdiqlash nazarda tutilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati