Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirishda yangi yondashuvlar
    13.12.2018

    Joriy yilning 13 dekabrida Aloqa tarixi muzeyida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan muntazam tashkil etib kelinayotgan navbatdagi haftalik seminar boʻlib oʻtdi. Tadbir davlat xizmatlariga innovatsion yondashuv va Markaz tomonidan koʻrsatilayotgan tijorat xizmatlariga bagʻishlandi.

    Tadbirda Markaz rahbariyati vakillari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislari, shuningdek “Ernst & Young” auditorlik tashkiloti vakillari ishtirok etishdi

    “Ernst & Young” krmpaniyasi vakili Ruta Makarevichiute “Davlat xizmatlariga innovatsion yondashuvlar: “Ernst & Young tajribasi” mavzusida taqdimot oʻtkazdi, tashkilot faoliyati, raqamli transformatsiyalashning asosiy omillari, sunʼiy intellekt va tashkilotning boshqa yoʻnalishlardagi tajribasi haqida maʼlumot berdi.

    Tadbir doirasida ishtirokchilar Markaz tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻldilar. Mutaxassislar Markaz tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga koʻrsatilayotgan tijorat xizmatlari haqida batafsil maʼlumot berdilar.

    Manba: Axborot xizmati