Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Hindistonning Informatika milliy markazi vakillari bilan uchrashuv
    12.12.2018

    2018 yil 11 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida vazirlik masʼul xodimlari va Hindistonning Informatika milliy markazi (NIC) vakillari – mazkur Markaz direktori oʻrinbosarlari Ranjna Nagpal (Ranjna Nagpal), Sethi Inter Pal Singh (Sethi Inter Pal Singh) va Bekal Vinaya (Bekal Vinaya)lar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat”ni rivojlantirish markazi va Hindiston Informatika milliy markazining kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Oʻzbekistonda elektron hukumat infratuzilmasini rivojlantirish, koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatini baholash metodologiyasini ishlab chiqish, davlat organlari faoliyatida boshlangʻich (dastlabki) ochiq kodli dasturiy mahsulotlarni joriy etish, shuningdek, davlat xizmatchilarini elektron hukumat sohasidagi elektron tibbiyot, elektron taʼlim, elektron parlament, biznes jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqa turli yoʻnalishlar boʻyicha oʻquvlarini tashkil etish yuzasidan istiqboldagi hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.

    Shu bilan birga, hindistonlik ekspertlar “Digital India” loyihasi va uning amalga oshirilishida NICning tutgan oʻrni haqida batafsil maʼlumot berdilar. Zamonaviy texnologik yechimlar yordamida elektron hukumat tizimini yaxshilash boʻyicha bilam va koʻnikmalari, davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirish maqsadida uning shaffofligini taʼminlash borasidagi tajribalari bilan fikr almashildi.

    Uchrashuv doirasida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat”ni rivojlantirish markazi va Hindistonning Informatika milliy markazi oʻrtasidagi kelgusidagi hamkorlik boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash hamda uning asosida loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni kelishib oldilar.

    Manba: Axborot xizmati