Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oʻzbekiston va Hindiston elektron hukumat loyihalarini amalga oshirishda hamkorlikni mustahkamlamoqda
    11.12.2018

    Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Hindistonning Informatika milliy markazi (NIC) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirga, shuningdek, Hindiston elchixonasi vakillari ham taklif etildi.

    Uchrashuv doirasida Informatika milliy markazi (NIC) direktori oʻrinbosarlari Ranjna Nagpal, IPS Sethi, B. Vinayadan tarkib topgan Hindiston delegatsiyasiga Oʻzbekistondagi elektron hukumat arxitekturasi, One ID indentifikatsiyalash yagona tizimi hamda davlat xizmatlari portali – birdarcha.uz haqida atroflicha maʼlumot berildi. Shuningdek, mehmonlarga mamlakatimiz aholisiga koʻrsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari haqida axborot berildi.

    Uchrashuv davomida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan bir qator loyihalar ham muhokama qilindi. Big Datani elektron hukumat tizimida tatbiq etish ana shunday loyihalar qatorida boʻlib, u dasturiy modul yaratilishini nazarda tutadi. Bu esa, oʻz navbatida, alohida maʼlumotlar, jumladan, data.gov.uz saytida chop etilgan maʼlumotlar oqimida bogʻliqlikni aniqlashga xizmat qiladi. Pirovardida davlat organlarining axborot tizimlarida nosozliklarni oldindan bilish imkoni tugʻiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati