Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Koreyadagi Inha universitetining Vitse-prezidenti bilan uchrashdi
    14.08.2018

    2018 yilning 14 avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov Koreya Respublikasidagi Inha universitetining Vitse-prezidenti Cheong InKyo bilan uchrashdi.

    Cheong InKyo Toshkent shahridagi Inha universitetining dastlabki bitiruvchilarining tantanali taqdirlash marosimida ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

    Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti dastlabki bitiruvchilarining o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlashgani ta’kidlandi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ning 4-bosqich talabalari “3+1” dasturi bo‘yicha Koreya Respublikasida so‘nggi bosqichni muvaffaqiyat bilan yakunlashganligi qayd etib o‘tildi.

    Ma’lumot uchun:

    2017 yilning iyun oyida Inchxon (Koreya Respublika) shahridagi Inha universitetida 99 nafar talabalar “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetida o‘qishni boshlashdi. Bu o‘qish “3+1” dasturi bo‘yicha 3 yil Toshkent shahridagi Inha universitetida va 1 yil Koreya Respublikasidagi Inha universitetida ta’lim olishni nazarda tutadi.

    O‘zbekistonlik talabalar ikki semestr davomida Koreya Respublikasidagi Inha universitetining yuqori malakali professorlaridan saboq olishdi. 2017 yilning 21 dekabr kuni Inchxon shahrida IUT ning 4-bosqich talabalarini o‘qishni tamomlaganliklari munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv davomida Toshkent shahridagi Inha universitetining rivojlanish masalalari, xususan, magistratura hamda bakalavriat ta’limining yangi yo‘nalishlarini joriy etish, amalda bo‘lgan hamda ochilishi rejalashtirilayotgan yangi yo‘nalishlarning rejalari ko‘rib chiqildi.

    Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universitetiga rektor v.b. etib tayinlangan Muzaffar Djalalov ham ishtirok etdi.

    Manba: Axborot xizmati