Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Westminster talabalari vazirlik tizimida malaka oshiradilar
    08.08.2018

    "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi hamda Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Unda o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikda davlat boshqaruvi sohasida tadqiqotlar o‘tkazish belgilab olindi.

    Tomonlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirishgan:

    • amaliy va innovatsion tadqiqot loyihalarini o‘tkazish;

    • talabalar tomonidan tadqiqotlar o‘tkazish;

    • talabalarning Markazda malaka oshirishlarini tashkil etish;

    • AKT ni rivojlantirish sohasida treninglar, seminarlar va anjumanlar o‘tkazish;

    • AKT sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish;

    • hamkorlikdagi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish va boshqalar.

    Tomonlar o‘zaro tashriflar, o‘quv safarlarini amalga oshirish, seminarlar va treninglar tashkil etish, ilmiy maqolalar va tadqiqotlar bilan tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

    Manba: Axborot xizmati