Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • regulation.gov.uz yangi talqinda ish boshladi
    24.07.2018
    O’zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali -- regulation.gov.uz yangi talqini 24 iyuldan o’z faoliyatini boshladi.
     
    Portalning yangi talqini quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
     
    - foydalanuvchilar Yagona identifikatsiyalash (ro'yxatga olish) tizimi yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali avtorizatsiyadan o’tgan holda portaldan foyadalanishlari mumkin;
     
    - foydalanuvchilar uchun alohida kabinet yaratilgan, ushbu kabinetda foydalanuvchi qo’shimcha qulayliklarga ega bo'ladi;
     
    - interfeys 3ta tilda yaratilgani hujjat loyihalarini bir paytning o’zida uchta tilda joylashtirish hamda uchta tilda taklif qoldirish imkonini beradi;
     
    - portalda Parlament uchun alohida sahifa yaratilgan. Bu yerda Senat yoki Qonunchilik palatasi tomonidan ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari joylashtiriladi;
     
    - foydalanuvchilar hujjatlarga takliflarini anonim tarzda ham qoldirishlari mumkin;
     
    - amaldagi qonunlar yuzasidan foydalanuvchilar taklif va fikr mulohazalarini maxsus Forumda qoldirishlari, o’zaro fikr almashishlari mumkin;
     
    - davlat tashkilotlari uchun ham hujjatlarni joylashtirish va ular bilan ishlash tartibi soddalashtirilgan.
     
    regulation.gov.uz portali negizida normativ-huquqiy hujjatlar loyihlarining umumxalq muhokamasi va idoraviy kelishuv jarayonlarini bir paytning o’zida amalga oshirish hamda “daromad va sarf-xarajatlar tahlili” (cost benefit analysis) institutini joriy etish masalasi ham ko'rib chiqilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati