27 aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjaev Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Nobuaki ITO bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish masalasida, hamkorlikda olib borilayotgan loyihalar holati va istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi.
Manba: Axborot xizmati