O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi Irisbekova Kammuna Narinbayevna «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.
Farmonning maqsadi - Jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini oshirish, ularning oilalarni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqimizning ko‘p asrlik boy ma’naviy merosini asrab-avaylash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlashdan iborat.
Manba: Axborot xizmati