Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT ni rivojlantirish jamg'armasiga yangi direktor tayinlandi
    07.03.2018

    Yusupov Aziz Shuxratovich Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg'armasi direktori etib tayinlandi. Muqaddam bu lavozimda Taxirov Baxtiyor Ibragimovich faoliyat yuritib kelayotgan edi.

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg'armasining asosiy vazifa va yo'nalishlari jamg'armada shakllangan mablag'lar hisobiga davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish, xalqaro standartlarga muvofiq aloqa, televidenie va radioeshittirish sohasi hamda telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va boshqa loyihalarni moliyalashtirish hisoblanadi.

    Manba: Axborot xizmati